Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari I.Ismanov 50 ming dollar pora olayotganda qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, u Bobur shahridagi 20 sotix yerni auksion orqali rasmiylashtirib berish va qurilishga ruxsat olib berishni va’da qilib, har sotixi uchun 2 500 dollardan jami 50 ming dollar talab qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u pulni o‘z uyida olgan vaqtda ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 11:10 06.04.2026. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!