Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Buxoroda tungi klub rahbari qo‘lga olindi

Buxoroda tungi klub rahbari qo‘lga olindi

Buxoro shahrida muqaddam bezorilik uchun sudlangan tungi klub rahbari ayol-qizlarni fohishalikka majburlaganlikda gumonlanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u Instagram orqali ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni yuqori maosh va raqqosalik va’dasi bilan Buxoroga olib kelgan. Keyin ularning erkinligini cheklab, ruhiy va jismoniy bosim orqali mijozlar bilan jinsiy aloqaga majburlagan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Kiritildi: 16:43 23.02.2026. O'qildi: 2279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!