Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olingani hamda mamlakatdan olib chiqib ketilganini bildirdi.
"AQSh Venesuela va uning yetakchisi Nikolas Maduroga qarshi keng ko‘lamli zarbani muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirdi. Natijada Nikolas Maduro rafiqasi bilan birga qo‘lga olinib, mamlakatdan evakuasiya qilindi.
Ushbu operasiya AQSh huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tafsilotlar keyinroq ma’lum qilinadi.
Bugun soat 11:00 da (Toshkent vaqti bilan 21:00) Mar-a-Lagoda matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Ushbu masalaga e’tibor qaratganingiz uchun rahmat!", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.