Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Tarixda birinchi marta: Oltin narxi 4400 dollardan oshdi

Tarixda birinchi marta: Oltin narxi 4400 dollardan oshdi

Birjada oltin narxi tarixda birinchi marta bir troya unsiyasi uchun 4400 dollardan oshdi. Bu haqda Comex savdo birjasi xabar berdi.

18 dekabrdagi savdolar davomida fevral oyi uchun oltin fyucherslari bir unsiya uchun 4407,7 dollargacha ko‘tarildi. Shunday qilib, yil boshidan beri oltin narxi 65 foizdan ko‘proqqa oshdi.

Bundan oldin ham kumush narxi tarixiy rekordni yangilagan edi. 2026 yil mart oyida yetkazib beriladigan kumush fyucherslarining qiymati bir troya unsiya uchun 67 dollardan oshdi. Yil boshidan beri kumush narxi 126 foizdan ko‘proqqa oshdi.

Joriy yil oktyabr oyida oltin va kumush narxi rekordni yangilagan edi.

Kiritildi: 21:41 19.12.2025. O'qildi: 1470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!