Raqobat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida davlat xaridlarida 9,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar bilan bog‘liq qonunbuzilishlar fosh etildi.
Qonunbuzilishlar quyidagi tashkilotlar xaridlarida aniqlandi:
➖ Namangan: Mahallalar uyushmasining Mingbuloq tumani bo‘limi — 376 mln so‘m;
➖ Qashqadaryo: G‘uzor tuman obodonlashtirish boshqarmasi — 1,2 mlrd so‘m,
“Shahrisabz tuman yo‘llardan foydalanish” UK — 491 mln so‘m;
➖ Qoraqalpog‘iston: Shumanoy tumani obodonlashtirish boshqarmasi — 28 mln so‘m,
Nukus “Muruvvat” ayollar internat uyi — 893 mln so‘m,
“O‘zdaverloyiha” instituti hududiy bo‘linmasi — 1 mlrd so‘mdan ortiq;
➖ Samarqand: Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi — 215 mln so‘m;
➖ Sirdaryo: Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi — 180 mln so‘m;
➖ Surxondaryo: Sud-tibbiy ekspertiza markazi filiali — 120 mln so‘m,
Angor tuman MTB — 1,8 mlrd so‘mga yaqin,
Termiz tuman MTB — 50 mln so‘m;
➖ Xorazm: Xiva ixtisoslashtirilgan internat uyi — 1,9 mlrd so‘m;
➖ Toshkent viloyati: “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ — 3 ta xarid, 1 mlrd so‘mdan ortiq.
⚖️ Tekshiruvlar davomida «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilgani, ya’ni savdolarda raqobatni cheklovchi harakatlar mavjudligi aniqlandi.
Natijada buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atildi. Qonunbuzilishlarni bartaraf etish va takrorlanmasligi uchun majburiy ko‘rsatmalar berildi.