Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Ukrainani ishontirishda davom etmoqda

AQSh Ukrainani ishontirishda davom etmoqda

Tramp ma’muriyati Kiyev va yevropaliklarga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtatish bo‘yicha yangi tinchlik rejasi "real vaqt rejimida" yakunlanayotganini ochiq ko‘rsatdi.

Bu haqda AQSh rasmiysiga tayanib, Axios nashri xabar berdi.

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning delegasiyasi bilan muzokaralar chog‘ida amerikaliklar Kiyev va uning Yevropadagi ittifoqchilarining pozisiyalari inobatga olinishiga ishontirishgan.

Bugun Ukraina prezidenti devoni Ukraina rahbari AQSh tomonidan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasini olganini ma’lum qildi.

G‘arb matbuoti avvalroq AQShda Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha ishlab chiqilgan 28 banddan iborat reja haqida xabar bergan edi. Bir qancha manbalarga ko‘ra, bu reja Ukrainaning Donbasning Ukraina qurolli kuchlari nazoratidagi qismidan voz kechishi, Kiyevga harbiy yordamni kamaytirishi va rus tilini davlat tili sifatida tan olishini nazarda tutadi.

Kiritildi: 09:30 21.11.2025. O'qildi: 1283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!