Yaponiyada 2025 yilning aprelidan oktyabrigacha yetti oy davomida ayiq hujumi qurbonlari soni so‘nggi besh yillikdagi eng yuqori darajaga yetdi.
Bu haqda Japan Today axborot sayti Yaponiya atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligiga tayanib xabar berdi.
Jami 196 kishi hujumga uchragan. Birgina oktyabr oyida 88 kishi jarohat oldi, bu sentyabr oyida qayd etilgan 39 holatdan ikki baravar ko‘p. Ayiq hujumi qurbonlarining eng ko‘p soni Akita, Ivate va Fukusima prefekturalarida qayd etilgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil aprelidan buyon ayiqlar bilan bog‘liq o‘lim holatlari rekord darajada qayd etilgan – 5 noyabr holatiga ko‘ra 13 ta.
Hujumlarning ko‘payishiga javoban Yaponiya hukumati ayiqlarni nazorat qilish choralarini kuchaytirdi. Hokimiyat lisenziyaga ega ovchilarni jalb qilish uchun munisipalitetlarga moliyaviy va moddiy-texnik yordam ko‘rsatishni boshladi. Malakali kadrlar tanqisligi sharoitida polisiyaga ayiqlarni otish uchun miltiqdan foydalanishga ruxsat beruvchi o‘zgartirilgan qoidalar kuchga kirdi.