Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Saudiya Arabistoni AQShning “NATO'ga kirmagan asosiy ittifoqchisi” maqomini oldi

Saudiya Arabistoni AQShning “NATO'ga kirmagan asosiy ittifoqchisi” maqomini oldi

Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Bu haqda prezident Donald Tramp 18 noyabr kuni AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasida qurol-yarog‘ yetkazib berishni yengillashtiruvchi va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yuqori darajaga ko‘taruvchi xavfsizlik kelishuvi imzolanishi vaqtida e’lon qildi.

Bu maqom ikki davlat o‘rtasida mudofaa hamkorligini chuqurlashtiradi, ammo xavfsizlik bo‘yicha majburiy kafolat bermaydi. Saudiya Arabistoni shunday maqomga ega 19 mamlakat, jumladan Isroil, Iordaniya, Kuvayt va Qatar qatoriga qo‘shildi.

Bundan tashqari, AQSH–Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi bitimida Ar-Riyodga F-35 qiruvchi samolyotlari va 300 ta Abrams tankini sotish ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 17:35 19.11.2025. O'qildi: 1239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!