Samarqand viloyatida YUNESKOning 80 yilligiga bag‘ishlab 5 gektarlik “Yashil bog‘” tashkil etilmoqda. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Loyiha haqida:
— “Merosga tayanab, kelajak sari” shiori ostida amalga oshirilayotgan loyiha YUNESKOning tinchlik, madaniyatlararo muloqot va ekologik barqarorlik kabi qadriyatlarini aks ettiradi.
— 31-oktyabr kuni “Boqiy shahar” majmuasida 564 tup daraxt va butalar ekildi. Tadbirda YUNESKO vakillari, xorijiy elchilar hamda O‘zbekiston davlat idoralari rahbarlari ishtirok etdi.
Bog‘ning o‘ziga xos jihatlari:
— Qayrag‘och, katalpa, safora, eman, chinor kabi daraxtlar o‘tqazilmoqda.
— Suvni tejovchi tomchilatib sug‘orish tizimi, quyosh panellari va chiqindilarni qayta ishlash joylari joriy etiladi.
Ramziy g‘oya:
— YUNESKOning 80 yilligiga bag‘ishlab 80 ming tup daraxt ekish rejalashtirilgan.
— “Yashil bog‘” Sohibqiron Amir Temur bog‘lari falsafasidan ilhomlanib, 9 bo‘limdan iborat bo‘ladi va har biri tarixiy bog‘larning o‘ziga xos ruhini ifoda etadi.