"Namoyishchilar hukumatni demokratiyani izdan chiqarishda ayblamoqda. Muxolifat yetakchilaridan biri qamoqda, ikkinchisi esa “texnik sabablar” bilan saylovdan chetlashtirilgan. Bu esa amaldagi prezident Samiya Suluhu Hasanning saylovda g‘alaba qozonish imkoniyatlarini oshirgan", deya yozmoqda nashr.
1 noyabr kuni ertalab Tanzaniya saylov komissiyasi Samiya saylovda 98 foiz ovoz to‘plaganini e’lon qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 32 million kishi ovoz berishda qatnashgan.
Muxolifatdagi “Chadema” partiyasi vakili BBC'ga bergan bayonotida, “taxminan 700 kishi xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlarda halok bo‘lganini” aytgan. Nashrning Tanzaniyadagi diplomatik manbasi esa kamida 500 kishining o‘limi tasdiqlanganini bildirdi.
Mamlakatning Dar-us Salom shahridagi kasalxonalardan biridagi ismini oshkor etmagan manbaning aytishicha, dushanbadan beri shifoxonalar jarohat olganlar va o‘lganlar bilan to‘lib ketgan.
"Bizni saylovoldi davrida va undan keyin muxolifat faollari, jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillarining ta’qib qilinishi, o‘g‘irlab ketilishi va qo‘rqitilishi jiddiy tashvishga solmoqda", — dedi “Chadema” partiyasining xalqaro va diasporalar ishlari direktori Jon Kitoka BBC'ga.