Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) rahbari Vasiliy Malyukning so‘zlariga ko‘ra, sentyabr va oktyabr oylarida Rossiyadagi shunday 20 ta ob’ekt nishonga olingan, jumladan, 6 ta neftni qayta ishlash zavodi, 2 ta neft terminali, 3 ta neft bazasi va 9 ta neft nasos stansiyasiga hujum qilingan.
Malyukning aytishicha, Ukraina zarbalari natijasida Rossiya ichki bozorida neft mahsulotlari ta’minotida 20 foizdan ortiq tanqislik yuzaga kelgan, mamlakatning 57 mintaqasida neft mahsulotlari taqchilligi yuzaga kelgan va yil oxirigacha benzin eksportiga taqiq joriy etilgan. Shuningdek, Rossiya neftni qayta ishlash quvvatlarining 37 foizi to‘xtab qolgan.
SBU rahbarining qayd etishicha, Ukraina dronlariga eng samarali qarshilikni Rossiyaning “Pansir” zenit-raketa majmualari ko‘rsatmoqda.
"Yil boshidan hozirgacha biz dushmanning 48 foiz “Pansir” tizimlarini yo‘q qildik. Bu hozirda ustuvor yo‘nalish bo‘lib, bu Ukraina prezidenti tomonidan belgilangan", — dedi Vasiliy Malyuk.