Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Yevropa Ittifoqini mavsumiy vaqtni o‘zgartirish amaliyotidan butunlay voz kechishga chaqirdi, deb xabar beradi BBC.
X platformasida e’lon qilingan videomurojaatida u joriy yilning 26 oktyabriga belgilangan qishki vaqtga o‘tish hech qanday ma’no yo‘qligini aytdi.
Sanchesning eslatishicha, Yevrokomissiya 2018 yilda soat o‘zgarishini bekor qilishni taklif qilgan, biroq o‘shandan beri hech qanday qaror qabul qilinmagan.
Ispaniya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Ispaniyada ham, Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlarida ham fuqarolarning aksariyati vaqt o‘zgarishiga qarshi.
U sosiologik so‘rovlar va ilmiy tadqiqotlarni misol qilib keltirdi. Soatlarning mavsumiy o‘zgarishi energiya tejashga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Ammo bu odamlarning sog‘lig‘i va kundalik hayotiga salbiy ta’sir qiladi.
20 oktyabr kuni Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan YEI transport, telekommunikasiya va energetika vazirlari sammitida vaqt mintaqasini o‘zgartirish masalasi kun tartibida bo‘lmagan bo‘lsa-da, Ispaniya energetika bo‘yicha davlat kotibi Joan Groyzar uni muhokama qilishni taklif qildi.
Evropa Komissiyasi tomonidan 2018 yilda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi aholisining 84 foizi mavsumiy vaqt o‘zgarishini bekor qilishni qo‘llab-quvvatlagan.
Germaniyada 2024 yilda respondentlarning 74 foizi xuddi shunday fikrni bildirgan. Polsha, Finlyandiya va boshqa qator davlatlar yoz va qish vaqtining bekor qilinishi tarafdori.