Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Robert Fisoga hujum qilgan shaxs 21 yilga qamaldi

Robert Fisoga hujum qilgan shaxs 21 yilga qamaldi

Slovakiya sudi 72 yoshli Yuriy Sintoulni terrorchilik harakatini sodir etishda aybdor deb topdi va 2024 yil may oyida bosh vazir Robert Fisoga suiqasd uyushtirganlikda ayblab, 21 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

“O‘shanda men bir on bu aqlbovar qilmas jinoyat bilan, ehtimol, yovuzlik zanjirini uzishim va bu holdan toygan mamlakatga yordam berishim mumkinligiga ishondim”, degan aybdor sudda.

"Ayblanuvchi fuqaroga emas, aynan bosh vazirga hujum qildi. U hukumatga qarshi bo‘lgan, odamlarni uni ag‘darishga undagan," - dedi hakamlar hay’ati rahbari Igor Kralik.

Bosh vazir Gandlova shahridagi madaniyat markazi oldida olomonga murojaat qilayotganda yozuvchi Yuray Sintula Fisoga qarata bir necha marta o‘q uzgandi.

O‘shanda u yerda hukumat yig‘ilishi bo‘layotgan edi. Robert Fiso qorin, oyoq-qo‘llari va ko‘kragidan yaralangan. Shunga qaramay u omon qolgan.

Kiritildi: 23:09 21.10.2025. O'qildi: 695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!