Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi 18 noyabr kuni Oq uyda Tramp bilan uchrashadi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi 18 noyabr kuni Oq uyda Tramp bilan uchrashadi

Bu haqda CBS News xabar bermoqda.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, bu shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saudning so‘nggi 7 yildan ortiq vaqt ichida Vashingtonga ilk tashrifi bo‘ladi.

Avvalroq yetakchilar joriy yilning may oyida Trampning Yaqin Sharqqa tashrifi chog‘ida uchrashib, iqtisodiy hamkorlik, G‘azodagi vaziyat va Eron yadroviy dasturi bo‘yicha ehtimoliy kelishuvlarni muhokama qilgan edi.

Bo‘lajak muzokaralar chog‘ida ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari, shuningdek, AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi harbiy va razvedka hamkorligi mavzulari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Kiritildi: 21:48 21.10.2025. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!