Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Turkiya HAMASni Trampning rejasiga ko‘ndirdimi?

Turkiya HAMASni Trampning rejasiga ko‘ndirdimi?

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning HAMASni Trampning G‘azo bo‘yicha rejasini qabul qilishga ko‘ndirib, G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvda ishtirok etishi Turkiyaning Yaqin Sharqda markaziy rolni egallashga intilishini kuchaytirdi, deb yozadi Reuters.

Agentlikka ko‘ra, HAMAS tomonidan “siyosiy homiy” sifatida qaraladigan Anqara, harakatning kelishuvga rozi bo‘lishida hal qiluvchi rol o‘ynagan. Endi Turkiya AQSh bilan munosabatlarida ham bundan foyda ko‘rishga umid qilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Turkiyaning kelishuvdagi ishtiroki nafaqat Isroil, balki Misr, Saudiya Arabistonini ham tashvishga solgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning HAMASni qo‘llab-quvvatlashi uning Isroil va bir qator arab davlatlari bilan munosabatlarini yanada keskinlashtirdi.

Kiritildi: 21:38 21.10.2025. O'qildi: 734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!