Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni Tramp va Putinning uchrashuvi o‘tkazilgunga qadar kechiktirdi

 AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni Tramp va Putinning uchrashuvi o‘tkazilgunga qadar kechiktirdi

Bu haqda AQSh Senatidagi respublikachilar yetakchisi Jon Tyun Bloomberg'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Gap 2025 yilning aprel oyida senatorlar Lindsi Grem va Richard Blumental tomonidan taklif qilingan sanksiyalar loyihasi haqida ketmoqda. Unda Moskva Ukrainada uzoq muddatli tinchlikka rozi bo‘lmagan taqdirda, Rossiyadan neft, gaz, uran va boshqa mahsulotlarini sotib oladigan davlatlardan importga 500 foizlik boj joriy etilishi nazarda tutilgan.

Senatorlar ushbu choralarni 2025 yilning iyun o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan G7 sammitigacha qabul qilishni rejalashtirishgan edi, biroq Trampning Rossiya–Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha bayonotlari ortidan vaqtincha to‘xtatilgandi.

Kiritildi: 11:14 21.10.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!