Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Yaponiya tarixida ilk marta ayol kishi bosh vazir etib tayinlandi — Kyodo

Yaponiya tarixida ilk marta ayol kishi bosh vazir etib tayinlandi — Kyodo



Agentlik xabariga ko‘ra, Yaponiya parlamenti yaqinda hukmron Liberal-demokratik partiya rahbari sifatida saylangan Sanae Takaitini mamlakatning yangi bosh vaziri etib tasdiqladi. Uning nomzodini deputatlarning aksariyati qo‘llab-quvvatladi.

Konservativ qarashlarga ega Takaiti Yaponiya tarixida bu lavozimni egallagan birinchi ayol bo‘ldi. Uning eng muhim vazifalaridan biri yangi vazirlar mahkamasini shakllantirishdir. Garchi Takaiti ilgari muxolifatda bo‘lgan “Nippon isin” partiyasi bilan koalisiya kelishuvini tuzgan bo‘lsa-da, ular parlamentda mutlaq ko‘pchilikka ega emas.

Kiritildi: 10:34 21.10.2025. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!