Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ukraina prezidenti 21 oktyabr kuni Londonda o‘tkaziladigan “ko‘ngillilar koalisiyasi” uchrashuvida qatnashadi — The Guardian

 Ukraina prezidenti 21 oktyabr kuni Londonda o‘tkaziladigan “ko‘ngillilar koalisiyasi” uchrashuvida qatnashadi — The Guardian

"Bu uchrashuv Tramp va Putin ishtirokida Vengriyada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan sammit arafasida, Ukrainaning ushbu uchrashuvdan chetda qoldirilayotgani borasida Yevropada ortib borayotgan xavotirlar fonida bo‘lib o‘tadi", deya yozmoqda gazeta.

Zelenskiyning bayonotiga ko‘ra, Londonga tashrifdan maqsadi Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlarini olishdir. U, shuningdek, bu hafta Yevropada “ko‘plab uchrashuvlar va muzokaralar” o‘tkazilishini qo‘shimcha qildi.

Nashrning ta’kidlashicha, o‘tgan haftada Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Zelenskiy va Tramp uchrashuvi natijalari Yevropa yetakchilarining hafsalani pir qilgan. Ushbu uchrashuvda Ukraina tomonidan Tom qanotli raketalarini berish haqidagi taklif Tramp va Putin o‘rtasidagi ikki soatlik telefon suhbati ortidan rad etilgan.

Kiritildi: 10:15 21.10.2025. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!