Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh tarixda ilk bor eng kuchli pasportlar reytingining birinchi o‘ntaligidan tushdi

AQSh tarixda ilk bor eng kuchli pasportlar reytingining birinchi o‘ntaligidan tushdi

Henley & Partners ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh pasporti 20 yil ichida ilk bor dunyodagi eng kuchli pasportlar ro‘yxatining TOP-10ligidan chiqdi. 2024 yilda AQSh fuqarolari 188 davlatga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilda bu raqam 180 taga tushib, mamlakat 12-o‘rinni egalladi.

AQSh pasporti 2014 yilda 1-o‘rinda bo‘lgan, so‘nggi yillarda esa qator sabablar tufayli pasayish kuzatilgan. Jumladan, Braziliya bilan vizasiz rejim bekor qilindi, Xitoy Yevropa davlatlariga vizasiz kirish huquqini berib, AQShni ro‘yxatdan chiqardi, shuningdek, Papua – Yangi Gvineya, Myanma va Vyetnam vizalar bo‘yicha talablarni kuchaytirdi.

Reytingning yuqori qismida Singapur (193 davlat) yetakchilik qilmoqda. Undan keyin Janubiy Koreya (190) va Yaponiya (189) joylashgan. Keyingi o‘rinlarda Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Ispaniya va Shveysariya (188) turibdi.

Ushbu reyting ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda, 62 mamlakatga vizasiz kirish mumkin bo‘lgan O‘zbekiston pasporti 72-o‘ringa ko‘tarildi.

Quyi qismida esa Afg‘oniston (24 davlat), Suriya (26) va Iroq (29) pasportlari dunyodagi eng cheklangan sayohat imkoniyatlariga ega bo‘lgan hujjatlar hisoblanadi.

Ma’lumotlar Xalqaro havo transporti uyushmasi (IATA) bazasiga asoslanib, 199 ta pasport va 227 ta yo‘nalishni qamrab olgan.

Kiritildi: 08:42 21.10.2025. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!