Netanyahu isroillik harbiylarga uyushtirilgan hujumdan so‘ng “G‘azo sektoridagi terrorchilik nishonlariga kuchli zarbalar berishni” e’lon qildi. Bu haqda Isroil bosh vaziri idorasi ma’lum qildi.
“HAMAS tomonidan sulh buzilgani munosabati bilan bosh vazir Binyamin Netanyahu mudofaa vaziri va kuch tuzilmalarining rahbarlari bilan maslahatlashuv o‘tkazdi hamda G‘azo sektoridagi terrorchilik nishonlariga kuchli zarbalar berishni buyurdi", deyiladi bayonotda.
Isroil armiyasi (SAXAL) esa “o‘t ochishni to‘xtatish rejimining ochiq buzilishiga javoban” G‘azo sektoridagi HAMASga tegishli ob’ektlarga zarbalar berishni boshlaganini ma’lum qildi.