Avvalroq Isroil G‘azoning Rafah shahriga zarba bergani haqida xabar berilgandi. Isroil armiyasi (SAXAL) HAMASni o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda ayblamoqda va harakat chegaradosh hudud ustidan nazoratni qayta tiklashga urinayotganini da’vo qilmoqda. HAMAS vakillari esa tinchlik kelishuviga amal qilayotganliklarini bildirmoqda.
Isroil va HAMAS o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi G‘azo sektoridagi mojaroni hal etish bo‘yicha tinchlik rejasining birinchi bosqichi doirasida 10 oktyabrdan beri amal qilib kelayotgan edi.