AQShning o‘n millionlab aholisi shu yilning noyabr oyida hukumatning yopilishi sababli oziq-ovqat talonlaridan mahrum bo‘lishi mumkin.
Bu haqda CNN telekanali ma’lum qildi.
"Taxminan 42 million kishi federal hukumat yopilishi sababli noyabr oyida muhim oziq-ovqat yordamidan mahrum bo‘lish xavfi ostida", deyiladi maqolada.
Aniqlik kiritilishicha, har sakkiz amerikalikdan biri oziq-ovqat talonlari bilan ta’minlaydigan SNAP dasturi orqali oziq-ovqat yordamini oladi. Tramp ma’muriyati aralashadimi va nafaqa to‘lovlarini davom ettirish uchun mablag‘ topa oladimi yoki yo‘qmi hali noma’lum.
Federal hukumatning qisman yopilishi 1 oktyabr yarim tunda moliyalashtirilmaganligi sababli boshlandi. Oq uy Milliy Iqtisodiy Kengashi rahbari Kevin Xassettga ko‘ra, agar yopilish davom etsa, AQSh yalpi ichki mahsulotining haftalik yo‘qotishi 15 milliard dollarga yetishi mumkin.