Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 10.09.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor tashkilotdan 17 nafar sobiq xodimlar foydasiga jami 1 mlrd. 200 mln. 675 ming so‘m miqdoridagi ish haqlarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari kelib tushgan.
17 nafar sobiq xodimlar foydasiga ish haqlarini undirish ijro hujjati bo‘yicha Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan darhol majburiy ijro harakatlariga kirishilgan. Davlat ijrochisi tomonidan vakolatli organlar va tashkilotlardan olingan javoblarga ko‘ra, qarzdor tashkilotning tegishli bankda pul mablag‘lari saqlanayotganligi aniqlangan.
Ijro hujjatlari Byuro organlari ish yurituviga kelib tushganidan so‘ng, qarzdor tashkilotga nisbatan barcha majburiy ijro choralari amalga oshiriladi.
Navbatdagi holatda ham sobiq xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida bermagan tashkilotning ham barcha hisob raqamlariga band solingan va boshqa hisob raqamlarida pul mablag‘lari borligi aniqlangan.
Mazkur pul mablag‘larini xatlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasi 5 qismiga asosan, tegishli tartibda ijro harakatlari olib borilgan. Natijada, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan jami 1 mlrd. 200 mln. 675 ming so‘m miqdoridagi ish haqlari 17 nafar undiruvchi fuqarolarning foydasiga undirib berilgan.