Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Armaniston "bir oydan so‘ng yoki kelgusi yilda" YEIga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirmoqchi

Armaniston "bir oydan so‘ng yoki kelgusi yilda" YEIga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirmoqchi

Armaniston Yevropa Ittifoqiga mamlakatni Yevropa Ittifoqining to‘laqonli a’zosi sifatida qabul qilish iltimosi bilan murojaat qilmoqchi.

Bu haqda Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan nemis OAVga ma’lum qildi.

"Qachon ariza beramiz, aniq ayta olmayman. Balki bu keyingi oyda, balki keyingi yilda bo‘lar. Bu ko‘p omillarga bog‘liq. Shu bilan birga, ta’kidlaganimdek, bu bizning rasmiy siyosatimiz," - dedi Mirzoyan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbus muddati bir qator omillarga bog‘liq.

Mirzoyanning ta’kidlashicha, YEI bilan hamkorlikni chuqurlashtirish Armanistonning yangi siyosatida belgilangan va ariza berish to‘g‘risidagi qaror ushbu yo‘nalish doirasida mantiqiy qadam bo‘ladi.

Kiritildi: 21:35 18.10.2025. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!