Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya va AQShni bog‘lovchi tunnel ustida ish olti oy oldin boshlangan

Rossiya va AQShni bog‘lovchi tunnel ustida ish olti oy oldin boshlangan

Rossiya va Alyaskani Bering bo‘g‘ozi orqali bog‘laydigan qit’alararo tunnelning texnik-iqtisodiy asoslari ustida ish olti oy avval boshlangan.

Bu haqida Rossiya To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi (RTIF) rahbari, Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan sarmoya va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev ma’lum qildi.

“Biz olti oy oldin Rossiya va Alyaska o‘rtasidagi tunnelning texnik-iqtisodiy asoslanishini boshlagan edik”, — deb yozdi Dmitriyev X ijtimoiy media platformasida.

Shanba kuni Dmitriyev Rossiya va AQSh o‘rtasida tunnel qurish bo‘yicha muzokaralar boshlanganini e’lon qildi. Payshanba kuni Boring Company texnologiyasidan foydalangan holda qit’alararo tunnel qurish istiqbollari haqida gapirgan edi.

Dmitriyevning aytishiga ko‘ra, ayni damda Rossiya To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi mavjud takliflarni, jumladan, "AQSH-Kanada-Rossiya-Xitoy" temir yo‘li bo‘yicha takliflarni o‘rganib chiqmoqda.

Kiritildi: 20:45 18.10.2025. O'qildi: 1524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!