Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

G‘azo sektoridagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun tuzilayotgan harbiy koalisiyaga Misr rahbarlik qiladi

G‘azo sektoridagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun tuzilayotgan harbiy koalisiyaga Misr rahbarlik qiladi

Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

G‘arb davlatlari o‘z qo‘shinlarini G‘azoga kiritishni istamayapti, shu sababli ular boshqa mamlakatlardan tashkil topgan koalisiyaga tayanmoqda, deya yozmoqda gazeta.

Nashrning diplomatik doiralardagi manbalariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi rezolyusiya tayyorlanmoqda, u koalisiya qo‘shinlariga G‘azo sektorida xavfsizlikni nazorat qilish vakolatini beradi.

"Asosiy nomzod sifatida, avvalo, Misr ko‘rib chiqilmoqda, biroq u bilan birga Ozarboyjon, Indoneziya va Turkiya ham o‘z askarlarini G‘azoga yuborishi mumkin. Jarayonda maslahatchi sifatida ishtirok etayotgan britaniyalik diplomatlar ham bu qarorni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular HAMAS musulmon mamlakatlari qo‘shinlariga qurollarini tezroq topshirishiga umid qilmoqda, chunki bu holat taslim bo‘lish sifatida talqin qilinmaydi", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 20:32 18.10.2025. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!