Finlyandiya prezidenti matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralarda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilinadi.
Tashrif doirasida Aleksandr Stubb biznes-forumda ishtirok etadi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza qiladi hamda tashqi siyosat sohasidagi mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Finlyandiya prezidenti delegasiyasi tarkibiga mamlakatning savdo va sanoat vakillari ham kiritilgan.
ℹ️ Ma’lumot uchun: Bunga qadar Finlyandiya prezidentlaridan Mauno Koyvisto 1992-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.