Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Germaniyada dunyodagi ilk vertikal suzuvchi quyosh stansiyasi ishga tushdi

Germaniyada dunyodagi ilk vertikal suzuvchi quyosh stansiyasi ishga tushdi

Germaniyaning SINN Power kompaniyasi mamlakatdagi birinchi vertikal suzuvchi quyosh elektr stansiyasini ishga tushirdi.

Loyiha Bavariyada joylashgan bo‘lib, uning quvvati 1870 kVt, yillik ishlab chiqarishi esa 2 mln kVt/soatni tashkil etadi — bu yuzlab xonadonlarni elektr bilan ta’minlay oladi.

Stansiyaning Skipp-Float tizimi quyosh panellarini vertikal joylashtirish imkonini beradi. Bu usul yorug‘likni yaxshiroq qabul qilib, ertalab va kechki paytlarda ham barqaror energiya ishlab chiqarishni ta’minlaydi .

Shu bilan birga, tizim suv ekotizimiga zarar yetkazmaydi va suv havzasining atigi 4,65% qismini egallaydi.

Kiritildi: 16:39 18.10.2025. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!