Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

AQShlik ayol ChatGPT yordamida lotoreyadan 100 ming dollar yutib oldi

AQShlik ayol ChatGPT yordamida lotoreyadan 100 ming dollar yutib oldi

AQShlik ayol ChatGPT chatbotiga ishondi va lotereyada 100 000 dollar yutib oldi.

Bu haqda UPI xabar bermoqda.

Michiganlik Temmi Karvi o‘z omadini sun’iy intellektga ishonishga qaror qildi va u haq bo‘lib chiqdi. Ayol ChatGPTdan lotereya o‘yini uchun raqamlar to‘plamini tanlashni so‘radi va aynan mana shu raqamlar unga 100 000 dollarlik sovrinni qo‘lga kiritdi.

"Men shunchaki ChatGPTdan raqamlar kombinasiyasini taklif qilishni so‘radim. Men ularni chiptaga kiritdim - mana natija!" deb izoh berdi u.

Ayolning qo‘shimcha qilishicha, u dastlab 50 000 dollar yutib olgan deb o‘ylagan, lekin keyin o‘yin natijalarini ikki marta tekshirib ko‘rgan va bu summa ikki barobar ko‘p ekanligini ko‘rgan.

"Erim va men butunlay shokda edik", dedi g‘olib.

Karvi bu pulni ipoteka kreditini to‘lash va jamg‘armasini yaratish uchun ishlatishni rejalashtirmoqda.

Lotereya rasmiylarining ta’kidlashicha, bu ishtirokchi yutuqli kombinasiyani tanlash uchun sun’iy intellektdan foydalanganini ochiq tan olgan birinchi qayd etilgan holat.

Kiritildi: 11:15 18.10.2025. O'qildi: 745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!