Meksikada kuchli yomg‘irlar va suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 72 nafarga yetdi.
Bu haqda hukumatning tabiiy ofatlar monitoringi portalida ma’lum qilindi.
Eng ko‘p qurbonlar soni – 32 kishi Meksika sharqidagi Verakrus shtatida qayd etilgan. Idalgo shtatida 21 kishi halok bo‘ldi. Puebla shtatida tabiiy ofat 18 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, Keretaro shtatida bir kishi halok bo‘ldi. Qirq sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan.
Rasmiylarga ko‘ra, mamlakatning janubiy va markaziy hududlari eng ko‘p zarar ko‘rgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, yuzlab odamlar evakuasiya markazlarida qolmoqda.