Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

BMT Tramp va Putin o‘rtasida rejalashtirilgan uchrashuv bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi

BMT Tramp va Putin o‘rtasida rejalashtirilgan uchrashuv bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasida rejalashtirilgan uchrashuv bo‘yicha izoh bermadi.

Bu haqda navbatdagi brifingda BMT bosh kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, tashkilot vaziyat bo‘yicha yangiliklarni diqqat bilan kuzatib boradi, ammo izoh bermaydi.

"Biz yangiliklarni siz kabi kuzatib boryapmiz. Lekin bu borada hech qanday bayonot berishni rejalashtirmayapmiz. Biz bu voqealarga bevosita aralashmaymiz. BMTning pozisiyasi aniq. Biz xalqaro huquq, BMTning tegishli rezolyusiyalari va Ukrainaning hududiy yaxlitligi asosida adolatli va barqaror tinchlikka olib keladigan har qanday kelishuvni amalga oshirishda yordam berishga tayyormiz", deb ta’kidladi.

Kiritildi: 08:45 18.10.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!