Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban prezident Vladimir Putin bilan gaplashish niyati borligini bildirgan va ushbu telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan.
Unda Orban Budapeshtda bo‘lishi kutilayotgan Rossiya-AQSh sammitini tashkil etish uchun sharoitlar yaratishga tayyorligini bildirgan.
Putin esa Donald Tramp bilan bo‘lgan suhbatning asosiy mazmuni haqida Vengriya bosh vaziriga ma’lumot bergan.