Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Jizzaxda 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida G‘allaorol tumanida “A.U.B.” oilaviy korxonasi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 217 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:45 17.10.2025. O'qildi: 542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!