Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda M373-sonli magistral yo‘lida harakatlanib kelgan “Lacetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro I.S. xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 87,5 mln so‘mlik 2 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.