Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Samarqand shahrida MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqand shahrida MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Samarqand shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi o‘z ishini boshladi.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov Prezident Shavkat Mirziyoyevning majlis ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdi.

Davlatimiz rahbari o‘z murojaatida an’anaviy tahdidlar kuchayib, yangi xavflar paydo bo‘layotgani sababli dunyodagi vaziyat murakkab geosiyosiy sharoitda rivojlanayotgani, bu esa, o‘z navbatida, Hamdo‘stlik mamlakatlari manfaatlariga bevosita ta’sir qilayotganini qayd etdi. Ta’kidlanganidek, keng ko‘lamli urushga aylanib ketishi mumkin bo‘lgan qurolli mojarolarning tobora keskinlashib borayotgani ham alohida xavotir uyg‘otmoqda.

Shu bois, tarixiy tajriba va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari asosida beqarorlik o‘choqlarini imkon qadar tezroq bartaraf etish bo‘yicha adolatli va muvozanatli yondashuvlarni ishlab chiqish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatlarimizning jadal rivojlanishi yo‘lida xalqaro kun tartibidagi muammoli masalalarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Prezidenti davlatlarimizning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va konstitusiyaviy asoslariga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi kurashishda birgalikdagi sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirish MDH davlatlari xavfsizlik va razvedka xizmatlari organlarining ustuvor vazifasiga aylanishi kerakligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, majlis ishtirokchilari xalqaro xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi amaliy muloqotni tamomila yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradigan yangi tashabbus va takliflar ishlab chiqishga qodir ekanligiga ishonch bildirildi.

Kiritildi: 10:53 17.10.2025. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!