Majburiy ijro byurosining Jizzax shahar bo‘limi tomonidan qarzdor K.SH. farzandining ta’minoti uchun aliment pullarini qasddan to‘lamay davlat ijrochisining huzuriga kelishgan bosh tortib, yashirinib yurganligi sababli muqaddam qidiruv e’lon qilingan.
Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi Qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida olingan tezkor ma’lumotlarga asosan Qidiruvdagi K.SH. Jizzax markaziy dehqon bozori hududida kamera orqali aniqlanib, keyingi ijro harakatlarini olib borish uchun byuroning Jizzax shahar bo‘limi davlat ijrochisiga topshirildi.
Qarzdor jami 23.mln so‘m qarzdorlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.