Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
O‘t ochishni to‘xtatish rejimi Islomobod vaqti bilan soat 18:00 dan boshlab ikki kun davom etadi, deya xabar bermoqda agentlik manbalariga tayanib.
"Pokiston ham, Afg‘oniston ham murakkab, ammo yechimi bo‘lgan muammoni muloqot yo‘li bilan ijobiy tarzda hal etish uchun tegishli sa’y-harakatlarni amalga oshiradi", deyiladi Pokiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.