2025 yil aprel oyidan boshlab O‘zbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistlar kelmoqda. O‘tgan to‘qqiz oyda 8,6 milliondan ortiq turist tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizni tashkil qiladi.
Ushbu ko‘rsatkich davlatlar kesimida – 2025 yilda post-pandemik 2022 yilga nisbatan turistlar oqimining o‘sishi Britaniyadan 2,6 baravar, Qatardan 6,2 baravar, AQShdan 3 baravar, Fransiyadan 2,9 baravar, Rossiyadan 2,1 baravar, Vengriyadan 3,3 baravar, Germaniyadan 2,5 baravar, Polshadan 6,2 baravarga yetdi.
Shuningdek, 2025 yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajaga — 3,6 milliard AQSh dollaridan oshdi.