O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasiga muvofiq, ov qilish, baliq ovlash va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish qoidalarini buzgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Javobgarlik choralari quyidagicha belgilangan:
✅ Fuqarolar uchun — BHMning 20 dan 70 baravarigacha jarima.
✅ Mansabdor shaxslar uchun — BHMning 30 dan 100 baravarigacha jarima.
✅Qo‘pol yoki takroriy holatlarda — ov qilish huquqidan 3 yilgacha mahrum etish va huquqbuzarlikda foydalanilgan qurol-asboblarni musodara qilish mumkin.
📌2020–2024 yillarda 1 081 nafar, 2025 yilning 1 yarmida esa 87 nafar shaxs ushbu modda bo‘yicha javobgarlikka tortilgan.