Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Prezident tashrifi: Toshkent transport tizimidagi yangi qadam

Prezident tashrifi: Toshkent transport tizimidagi yangi qadam

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-oktyabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida bo‘lib, Shota Rustaveli ko‘chasida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va transport harakatini qulay tashkil etish — poytaxt uchun eng dolzarb yo‘nalishlardan biridir. Shu maqsadda Mirobod ko‘chasidan Choshtepa ko‘chasigacha bo‘lgan qariyb 7 kilometr yo‘l to‘liq rekonstruksiya qilindi.

Endilikda:

  • 10 yo‘lakdan 6 tasi avtomobillar harakati uchun,

  • 2 tasi BRT tizimiga asoslangan avtobus yo‘nalishlari,

  • yana 2 tasi to‘xtash joylari sifatida ajratilgan.

Prezidentimiz yo‘nalishda avtobusda harakatlanib, yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdi hamda yo‘lovchilar bilan samimiy suhbatlashdi.

🚍 Toshkentda ilk bor xalqaro tajribaga asoslangan ajratilgan avtobus yo‘lagi (BRT) tizimi joriy etildi. Natijada:

  • yo‘lovchi oqimi soatiga 2,5 mingdan 6 ming nafargacha oshdi;

  • kuniga 40 mingta avtomobil o‘tish imkoniyati yaratildi;

  • o‘rtacha tezlik 23 km/soatdan 30 km/soatgacha oshdi.

Loyiha doirasida 21 ta yangi bekat, 463 ta “aqlli” svetofor, velosiped yo‘laklari, yashil hududlar va drenaj tizimlari barpo etildi.

🟢 Shuningdek, transport tirbandligini kamaytirish va shaharni Yangi Toshkent bilan bog‘lash bo‘yicha yangi loyihalar taqdim etildi.

“Agar metro yo‘llari qurmaganimizda, yangi avtobuslar olib kelmaganimizda, bugun Toshkentda harakat ancha qiyin bo‘lardi. Shu sababli yo‘llarni to‘g‘rilayapmiz, jamoat transportini rivojlantiryapmiz. Bunday ishlar barcha shaharlarimizda davom etadi”, – dedi Prezident.

Kiritildi: 17:55 15.10.2025. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!