Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Yaqin Sharqdagi urushni to‘xtata olgan bo‘lsa, demak, u Ukrainadagi urushni ham yakunlay oladi — Zelenskiy

Tramp Yaqin Sharqdagi urushni to‘xtata olgan bo‘lsa, demak, u Ukrainadagi urushni ham yakunlay oladi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Zelenskiy AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan telefon orqali ajoyib suhbat o‘tkazganini va Ukrainaning havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash masalasini muhokama qilganini ma’lum qildi.

"Prezident Trampni Rossiya tomonidan bizning energetika tizimimizga qilingan hujumlar haqida xabardor qildim. Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi uchun undan minnatdorman. Biz Ukrainaning havo mudofaasini kuchaytirish imkoniyatlarini va bu boradagi tayyorlanayotgan kelishuvlarni muhokama qildik. Ukrainani haqiqatan ham kuchaytirishi mumkin bo‘lgan yaxshi variantlar va ajoyib g‘oyalar mavjud", — deb yozdi Ukraina prezidenti o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Kiritildi: 19:42 11.10.2025. O'qildi: 890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!