Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Talabalarning stipendiyalari qachon to‘lab berilishi ma’lum bo‘ldi

Talabalarning stipendiyalari qachon to‘lab berilishi ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Xabarda aytilishicha, barcha OTMlarda yuqori kurs talabalariga stipendiyalar to‘lab berilgan. Tarmoqda tarqalgan xabarlar ayrim oliygohlar, xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti, San’at va madaniyat instituti, Toshkent davlat agrar universiteti va Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-bosqich talabalari bilan bog‘liq.

Vazirlik ularga stipendiya tayinlash bo‘yicha tegishli buyruqlarni rasmiylashtirish va bank plastik kartalarini ochish jarayoni kechikkani sababli to‘lovlar amalga oshirilmasdan qolganini bildirdi.

«Hozirda mazkur buyruqlar to‘liq rasmiylashtirilmoqda va barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya to‘lovlari joriy hafta yakuniga qadar amalga oshiriladi», – deya tushuntirdi tashkilot.

Kiritildi: 22:05 10.10.2025. O'qildi: 818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!