Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi bilan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
✅Qurilish ishlarida yonilg‘i yoki bitumni noto‘g‘ri yoqish uchun:
🔵fuqarolarga BHMning 1/3 qismidan 1 baravarigacha,
🔵mansabdorlarga 1–3 baravar jarima.
✅Huquqbuzarlik takrorlansa:
🔵fuqarolarga 1–3 baravar,
🔵mansabdorlarga 3–7 baravar jarima.
✅Ang‘iz, xazon yoki shox-shabbalarni yoqish orqali havoni ifloslantirish uchun:
🔵fuqarolarga 3–5 baravar,
🔵mansabdorlarga 5–10 baravar jarima belgilangan.
📌 2020–2024 yillarda 419 nafar, joriy yilning birinchi yarmida 18 nafar shaxs ushbu modda bilan javobgarlikka tortilgan.