Bugun 10 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Qo‘rg‘ontepada qalbaki pul sotganlar qo‘lga olindi

Qo‘rg‘ontepada qalbaki pul sotganlar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.I. va uning sheriklari ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular fuqaro K.A.ga 19,8 mln so‘m miqdoridagi qalbaki pullarni 10 mln so‘mga sotish paytida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi — qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarni yasash va tarqatish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:06 07.10.2025. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!