Bugun 10 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganlar qo‘lga tushdi

Qashqadaryoda 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganlar qo‘lga tushdi

"O‘zenergoinspeksiya" Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qamashi tumanida "Q.Y.M.F." UKga qarashli bino inshoatining elektr qurilmalari to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:07 07.10.2025. O'qildi: 632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!