"Xavfsiz hudud- Dolzarb 20 kunlik" tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Qibray tumanida "Nexia 2" rusumli transport vositasi 1-mintaqaviy hudud YPX otryadi yo‘l patrul xizmati inspektori tomonidan to‘xtatilib, haydovchi 1990 yilda tug‘ilgan M.Oning yonidan qog‘ozga o‘ralgan, quritilgan, maydalangan, o‘tkir hidli, yashil rangdagi giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Qibray tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.