Yaponiyada yoshi 100 dan oshgan odamlar soni deyarli 100 000 kishiga yetdi — mamlakat uzoq umr ko‘ruvchilar soni bo‘yicha ketma-ket 55 yildan buyon rekordni ushlab kelmoqda.
Ularning katta qismi (88%) ayollardir. Eng keksasi 114 yoshli Shigeko Kagava, eng keksa erkak esa 111 yoshli Kiyotaka Mizuno.
Bunday uzoq umr ko‘rish ko‘p jihatdan sog‘lom ovqatlanish bilan bog‘liq: yaponlar qizil go‘sht, shakar va tuzni kamroq, baliq va sabzavotlarni esa ko‘proq iste’mol qilishadi, buning natijasida mamlakatda yurak-qon tomir kasalliklari va saratonning keng tarqalgan shakllari xavfini oshiradigan semirish darajasi ham pastdir.