Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Misrda Isroil va HAMAS o‘rtasida muzokaralar boshlandi

Misrda Isroil va HAMAS o‘rtasida muzokaralar boshlandi

Misrda Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektoridagi urushni yakunlash va asirlarni qaytarish bo‘yicha muzokaralar boshlandi, deb xabar bermoqda Bild.

Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, bu bilvosita muzokaralar bo‘lib, vositachilikni Misr va AQSH, xususan, Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff amalga oshirmoqda.

"Muzokaralarda asirlar va mahbuslarni almashish, shuningdek, o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish masalalari muhokama qilinmoqda", — dedi Bild manbasi.

Isroil delegasiyasiga Strategik masalalar vaziri Ron Dermer, HAMAS tomoniga esa guruhning xorijdagi yetakchilaridan biri Xalil al-Hayya boshchilik qilmoqda. Muzokaralarda, shuningdek, Germaniya va Qatardan ham diplomatlar ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 21:22 06.10.2025. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!