Italiyalik murabbiyning asosiy bayonotlari:
▪️Menga 7-8 ta joydan taklif bor edi. Avvalo jamoa mundialga chiqqanligi, bu yerdagi loyihaning jiddiyligi meni taklifni qabul qilishga undadi.
▪️Men 8 yoshimdan beri futboldaman, u men biladigan yagona soha. Umid qilamanki, vaqt o‘tib bundanda rivojlanamiz.
▪️Timur Kapadze bilan ham yig‘inga chaqirilgan futbolchilar borasida gaplashdik. Men shtabda mahalliy mutaxassislar bo‘lishi tarafdoriman. Bu haqda Ravshan Irmatovdan o‘zim iltimos qildim.
▪️Men juda ko‘p chemodan bilan keldim. Maqsadim bu yerda ko‘proq bo‘lish, hatto velosipedimni ham olib keldim, uni haydashga vaqtim bo‘ladimi, yo‘qmi bilmadim, lekin ko‘proq odamlar orasida bo‘lishni yoqtiraman.
▪️Yoshlar va o‘smirlar jamoalarining o‘yinlarini ham kuzatib boraman. Superliga intensivligini oshirish kerak. O‘yin davomida yuqori temp bilan qancha ko‘p harakat qilsak, natijalar yaxshilana boshlaydi.
▪️Jahon chempionatidagi temp umuman boshqa daraja, buni ishonch bilan ayta olaman. Jahon chempionatida o‘ynash qiyinmi, ha, juda qiyin, biroq harakat qilamiz.
▪️Agar 8 oyda ham jamoa bilan kommunikasiya o‘rnata olmasam, demak menda muammo bor, deb hisoblash mumkin.