O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi yangi iPhone 17 modellarini mamlakatga olib kirish tartibi haqida ma’lumot berdi.
Qoidaga ko‘ra, jismoniy shaxslar shaxsiy ehtiyoji uchun telefonlarni ma’lum qiymatgacha bojsiz olib o‘tishi mumkin:
➖ samolyot orqali — $1000 gacha;
➖ poyezd yoki kema orqali — $500 gacha;
➖ avtomobil orqali yoki piyoda — $300 gacha.
Masalan, agar siz iPhone 17 Pro Max ($1199) ni samolyotda olib kirsangiz,
$1000 qismi bojsiz, qolgan $199 uchun 30%, ya’ni taxminan $60 to‘lov amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi.